Dunyo shunchalar qimmatmi? Shu pulsiz zulmatmi? Boylik — eng ulugʻ ne’matmi? Yoʻqmi inson qiymati?!
Oʻylab qolaman, oʻtkinchi olam, Mol-dunyoga buncha oʻch bu odam?
Choʻntak boʻsh boʻlsa bosma qadam, Mensimasdan qarar koʻz qiridan. Sezmay qolaman, aldaydi odam, Qoʻrqmaydi, harom non yer hiyladan. Maqsad — sotish, hatto sotuvda badan, Tavba qil, qoʻrq olov taftidan.
Unutma, ey inson, bu — foniy dunyo, Boʻlma razil, tushdamassan, bu — roʻyo.
Oʻylaysan hammasi yaxshidek goʻyo, Sen sabab yo haq, yo nohaq bu dunyo. Tuzilgan shunaqa “qora dastur”, Piyodasan, yoʻqmi moshina — ozgina past tur.
Boy kasal boʻlsa, doʻxtirlar hammasi gʻamxoʻr, Kambagʻalning joni ogʻrisa, “Navbatda jim tur!”
Boʻlsa boldi bitta yangi iPhone, Oʻtdi vaqt maqsadsiz, doim birga shayton. Qora Gentra, 3-4 soʻm pul, ol senga maydon, Tulki, boʻri, ilon — oʻzi shularmi hayvon?