Скачать песню Bahodir Mamajonov, Xon-Saroy Records - 18 yoshimda edi (Remix) в mp3 бесплатно. #Зарубежная музыка 2025
Текст песни
Bir bahor bo‘lgandi, beqaror edi Dilga ishq qurgandi, beg‘ubor edi Ul go‘zal kulgandi, betakror edi U olis o‘n sakkiz yoshimda edi U olis o‘n sakkiz yoshimda edi
Jiydazor poyoni hech ko‘rinmasdi Tonggacha kezardik, oy erinmasdi Bizlarga baxt tilab qushlar tinmasdi U olis o‘n sakkiz yoshimda edi U olis o‘n sakkiz yoshimda edi
Ko‘ylagi oq edi, beg‘ubor edi Meni maftun etgan bir ifor edi O‘n yetti yosh qizning hidi bor edi U olis o‘n sakkiz yoshimda edi U olis o‘n sakkiz yoshimda edi
Jiydazor poyoni hech ko‘rinmasdi Tonggacha kezardik, oy erinmasdi Bizlarga baxt tilab qushlar tinmasdi U olis o‘n sakkiz yoshimda edi U olis o‘n sakkiz yoshimda edi
Yodimda visolning eng sirli dami
Labimda qolgandi lablarning ta'mi Bu edi bo‘saning birinchi ta'mi U olis o‘n sakkiz yoshimda edi U olis o‘n sakkiz yoshimda edi O‘n sakkiz yoshdaman yillar o‘tsa ham Yoshim hatto to‘qson-yuzdan o‘tsa ham
Aytinglar dunyodan Karim o‘tsa ham U olis o‘n sakkiz yoshida edi U olis o‘n sakkiz yoshida edi